Главная » 2017 » Апрель » 8 » Toshkentda xitoylik kinochilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
12:56

Toshkentda xitoylik kinochilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi


Kinochilar uyida Xitoy Xalq Respublikasi kinematograflari bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

“O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev va boshqalar O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi munosabatlar barcha yo`nalishlar qatori madaniyat va san`at sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta`kidladi.

Kinematografiya sohasida o`zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda qisqa metrajli, animasion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o`tkazish bo`yicha rejalar belgilab olingan.

Uchrashuvda kino sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo`lga qo`yish kabi masalalar muhokama qilindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Uchrashuv, Toshkentda, bolib otdi, kinochilar, Xitoylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя