Главная » 2021 » Март » 8 » Toshkentda qon oqadigan ariq bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
12:11

Toshkentda qon oqadigan ariq bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi


Rost24.uz axborot saytida “Toshkent yaqinidagi katta ariqdan har kuni ko‘pirib qon oqmoqda” maqolasida e’lon qilingan edi. Ushbu video material Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining hududiy mutaxassislari hamda inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur dolzarb muammo O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Qo‘mitaning tahririyatga yozishicha, “Obod Savdo Biznes” MCHJ ga qarashli kushxona faoliyatidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni zax ariqqa oqizilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan 2021 yil 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qibray tumani inspeksiyasi tamonidan ogohlantirish xati berilgan. 
Bu bilan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19 – moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 18, 19, 99-moddalari talablari buzilib,  O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 72-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi.
Ta’kidlash zarurki, mazkur Ixtisoslashgan so‘yish korxonasi binolari 2014 yilda “Obod Savdo Biznes” MCHJ tasarrufiga o‘tgan va Qibray tumani hokimining tegishli qarori qabul qilingan. Ixtisoslashgan so‘yish korxonasi qurilib 2018 yil ishga tushirilgan, lekin hujjatlar so‘ralganda, aynan Ixtisoslashgan so‘yish korxonasi uchun tegishli tashkilotlar xulosalari taqdim qilinmadi.
Oqova suv va qushxona hududidan chiqayotgan oqova suv uchun qilingan o‘ralar gidroizolyasiyalangan (betondan yasalgan), lekin oqova yig‘ilmasdan dala va zax ariqga oqizilgan.
Oqova suvni o‘radan tortib olinishi, chiqindilarni olib chiqish uchun u yoki bu maxsus tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagan. Shu bilan birga qushxonani yuvish vaqtida chiqqan qon aralash suv va so‘yilgan mol ichaklari qushxona hududining orqa tomoni - dala qismiga chiqarilishi natijasida tartibsiz holatga kelib qolgan.
Veterinariya - sanitariya qoida va me’yorlari talablari buzilgan.
Toshkent viloyat ekologiya boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining hududiy  boshqarmasi tomonidan aniqlangan holatni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘rish uchun zarur tavsiyalar berilib, nazoratga olindi.
Ayni damda yuqorida bayon etilgan masalalarni bartaraf qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, qushxonadan chiqayotgan oqova suvning ariqqa oqizilishi to‘xtatildi. 
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda”.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ariq, qon, Toshkentda, oqadigan, rasmiy ma’lumot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя