Главная » 2022 » Сентябрь » 29 » Toshkentda odamlarni kaltaklab, “prank” uyushtirgan Insta-blogerlar qamaldi
15:00

Toshkentda odamlarni kaltaklab, “prank” uyushtirgan Insta-blogerlar qamaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta Insta-blogerlar ko‘chada odamlarni kaltaklab yoki masxara qilib, “prank” uyushtirgani aks etgan videolar tarqaldi.

Insta-blogerlarning hurmacha qilig‘ini Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi eʼtiborsiz qoldirmadi.

IIBBning maʼlum qilishicha, kecha, 28 sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan va unda “prank” qilgan ikki bloger sud qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining qarori bilan blogerlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) bo‘yicha ularga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Insta, Blogerlar, kaltaklab, prank, Toshkentda, uyushtirgan, odamlarni, qamaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя