Главная » 2022 » Август » 15 » Toshkentda “Jiguli” daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
11:13

Toshkentda “Jiguli” daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi


Kecha, 14 avgust kuni Toshkentning Sergeli tumanida “Vaz 2106” rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrab, bo‘linib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat taxminan 07:30 larda Sergeli tumanining Yangi Sirg‘ali ko‘chasida yuz bergan. 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro P.I. “Vaz 2106” rusumli mashinada avtomobil bozori tomondan Janubiy temir yo‘l vokzali tomonga harakatlanayotib, “Turon” savdo majmuasi binosi qarshisida rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, bo‘linib, urilib, ikkiga, daraxtga, KETDI, Jiguli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя