Главная » 2022 » Июль » 26 » Toshkentda ariqqa 30 dan ortiq mushuk jasadi va shilingan terisi tashlab yuborilgani aytilmoqda.
19:47

Toshkentda ariqqa 30 dan ortiq mushuk jasadi va shilingan terisi tashlab yuborilgani aytilmoqda.


Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ariqqa 30 dan ortiq o‘lik mushukning jasadi va o‘lgan mushuklarning shilib olingan terilari tashlab yuborilgani aytilmoqda.
 

Kanal kuzatuvchisining xabar berishicha, tumanning “Xushnud” mahalla fuqarolar yig‘ini Visol ko‘chasidagi ariqqa 30 dan ortiq o‘lik mushukning jasadlari hamda o‘lgan mushuklarning shilib olingan terilari tashlab yuborilgan.

Ariq nazoratsiz qolib ketgani bois istalgan odam chiqindisini tashlab ketadigan bo‘ldi. Mahalla va boshqa tegishli tashkilotlarning ariq chiqindixona bo‘lib borayotgani bilan ishi yo‘q. Bugun ariq oldidan o‘tar ekanman, u yerdagi holatni ko‘rib qo‘rqib ketdim.Ariqning hozirgi ahvoli sanitariya va ekologiya talablariga javob bermaydi. Bizga noma’lum bo‘lgan shaxslar tomonidan 30 dan ortiq mushukning jasadlari, shilib olingan terilari hamda yelim xaltalarga solingan ichak-chovoqlari tashlab ketilgan”, deya xabar bergan kuzatuvchi.
 
 Avvalroq Andijonda it yosh bolalar oldida vahshiylarcha otib ketilgani aytilgandi. Shuningdek, Nukus yaqinidagi poligonda 100 dan ortiq it-mushuk jasadi topilgani aytilgan xabar yuzasidan o‘rganishlar yakunlangani ma’lum qilingan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ortiq, aytilmoqda., tashlab, Toshkentda, terisi, jasadi va shilingan, yuborilgani, 30 dan, mushuk, ariqqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя