Главная » 2021 » Сентябрь » 7 » Toshkent yo‘llarida katta “probka” boshlandi. Holatga izoh berildi
10:46

Toshkent yo‘llarida katta “probka” boshlandi. Holatga izoh berildi


Kecha, 6 sentyabrdan Toshkent yo‘llarida tirbandliklar kuzatila boshlandi. Poytaxt Transport boshqarmasi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, ta’til mavsumi tugashi, maktablar, litseylar, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonlari boshlanishi bilan poytaxt yo‘llarida harakatlanayotgan transport vositalari soni ortgan.

“Barcha avtobus saroylarida jamoat transporti yo‘lovchilar oqimining ko‘payishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rilib, harakatlanuvchi tarkib sanitar va texnik ko‘rikdan o‘tkazildi hamda dezinfeksiya ishlari olib borildi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Ma’lum qilinishicha, bugungi tig‘iz vaqtda Toshkent shahar aholisiga jamoat transportining 1 397 ta harakat tarkibi: 850 ta avtobus va 547 ta mikroavtobus xizmat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, soat 7:30 dan 9:00 gacha metropolitend poyezdlar Chilonzor metro yo‘nalishida 3 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishida 4 daqiqa va Yunusobod yo‘nalishlarida 7 daqiqalik oraliq masofa bilan harakatlanayotgani ta’kidlangan.

“Poytaxtimiz ko‘chalarida yengil avtomobillar hamda yo‘nalishsiz taksilar sonining ko‘payishi tirbandliklarni keltirib chiqardi. Bu esa o‘z navbatida avtobus va yo‘nalishli taksilar oraliq vaqtining oshishiga olib keldi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘quv mavsumining birinchi kunida yo‘nalishsiz taksi xizmatlariga bo‘lgan katta talabdan ayrim haydovchilar ko‘proq foyda olaman, deb sun’iy ravishda xizmatlar narxini keskin oshirib yuborgani va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, probka, yo‘llarida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя