Главная » 2022 » Сентябрь » 21 » Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lgan rossiyalik aktyor Sergey Puskepalis vafot etdi
16:27

Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lgan rossiyalik aktyor Sergey Puskepalis vafot etdi


Rossiyalik taniqli aktyor va rejissor Sergey Puskepalis Yaroslav viloyatida yuz bergan YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi “Lisa.ru”.56 yoshli aktyor 13—18-sentabr kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, vataniga qaytgan edi.

Qayd etilishicha, aktyor harakatlanib ketayotgan Ford Transit miniveni yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Miniven haydovchisi ham YTH qurboniga aylangan.Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Sergey Puskepalis “Oddiy narsalar” filmi bilan mashhurlikka erishgan. Aktyor “Nika”, “Kinotavr”, “Kumush ayiq” hamda “Oltin burgut” mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: bo‘lgan, faxriy, etdi, Rossiyalik, Toshkent xalqaro kinofestivali, aktyor, mehmoni, vafot, Sergey Puskepalis | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя