Главная » 2022 » Август » 5 » Toshkent viloyatida 14 yashar bola tog‘asining o‘g‘lini otib qo‘ydi
16:07

Toshkent viloyatida 14 yashar bola tog‘asining o‘g‘lini otib qo‘ydi


Toshkent viloyatida 14 yoshli bola tog‘asining 15 yoshli o‘g‘lini otib qo‘ydi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 avgust kuni 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan.

U yerda E.E. 2007 yilda tug‘ilgan (tog‘asining o‘g‘li) M.T.  bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. 

Shundan so‘ng, 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib, 15 yoshli M.T.ni chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, 14, yashar, tog‘asining, o‘g‘lini, qo‘ydi, Bola, viloyatida, otib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя