Главная » 2017 » Июнь » 4 » Toshkent shahar IIBB Jasur Ibrohimov qotilligi bo‘yicha dastlabki gumondor yuzasidan ish boshladi
15:17

Toshkent shahar IIBB Jasur Ibrohimov qotilligi bo‘yicha dastlabki gumondor yuzasidan ish boshladi


Toshkent shahrida joylashgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida Jasur Ibrohimov o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangani va keyinchalik jabrlanuvchi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Marhumning onasi yuz bergan fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yozib, adolat qaror topishini va aybdorlar jazolanishi so‘ragan edi.

Bugun, 4 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mazkur jinoyat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.

"2017 yil 3 may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Muhammad o‘g‘li Ibragimovga nisbatan og‘ir tan jarohatlari yetkazilgani holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan 1999 yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent shahar, dastlabki, bo‘yicha, gumondor, Jasur Ibrohimov, IIBB, qotilk, yuzasidan, ish boshladi | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя