Главная » 2020 » Декабрь » 15 » «Tonirovka» uchun ruxsatnoma berish tartibi o‘zgaradi
09:24

«Tonirovka» uchun ruxsatnoma berish tartibi o‘zgaradi


Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini onlayn ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun onlayn tarzda ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi mumkin.

Belgilanishicha:

  • 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish faqat onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali amalga oshiriladi;
  • “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.

Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:

  • avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining to‘liq avtomatlashtirilishini;
  • avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati YAIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integrasiya qilinishini;
  • qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglament bo‘yicha davlat xizmati YAIDXP orqali joriy etilishini;
  • davlat xizmatini ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishini;
  • YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi va ta’minlaydi.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YAIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatadi;
  • qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llaydi.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ruxsatnoma, tartibi, tonirovka | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя