Главная » 2021 » Сентябрь » 3 » Tolibonlar Panjsherni to‘liq qo‘lga oldimi?
23:20

Tolibonlar Panjsherni to‘liq qo‘lga oldimi?


Tolibonlar Panjsher viloyatining eng katta hududini bosib olganini e’lon qildi.

Avvalroq Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan Tolibon harakati jangchilari juma kuni muxoliflari joylashgan Panjsher viloyatining eng katta hududini qo‘lga kiritganini aytishdi.

Tolibon vakili Bilol Karimiyning aytishicha, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Panjsher viloyatining eng katta hududi (Priyan) butunlay mujohidlar hukmronligiga o‘tgan. Ta’kidlanishicha, Priyan Shotuldan so‘ng harakat a’zolari qo‘liga o‘tgan ikkinchi tuman hisoblanadi.

To‘qnashuvda rejimga qarshi bo‘lganlardan Rossiyada ishlab chiqarilgan zirhli transport vositalari va boshqa harbiy texnika olib qo‘yilgani ta’kidlangan.

«Dushmanning jangovar ruhiyati past», — deydi Karimiy.

«RIA Novosti» o‘z manbasiga tayanib tolibonlar Panjsher viloyatini to‘liq egallagani to‘g‘risida xabar berdi. Uning yozishicha, Kobulda tolibonlar o‘z g‘alabasini nishonlamoqda. Shaharda baqir-chaqir va o‘q ovozlari tinmayapti.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tolibonlar, Panjsherni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя