Главная » 2021 » Сентябрь » 3 » “Tolibon”ning asosiy maqsadi nimaligi aytildi
11:27

“Tolibon”ning asosiy maqsadi nimaligi aytildi


“Tolibon” harakatining Afg‘onistonda hokimiyatni egallagandan keyingi asosiy maqsadi xalqaro maydonda rasmiy e’tirofga sazovor bo‘lish. Bu haqda Sankt-Peterburg davlat universiteti postsovet hududidagi xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Ruslan Shamgunov ma’lum qildi.

“Toliblarning aniq maqsadi – butun dunyo bo‘ylab tan olinish va “terrorchilik tashkiloti” belgisini olib tashlash”, deydi olim. 

Uning ta’kidlashicha, “Tolibon” qo‘shni davlatlarning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilmaydi, shuningdek, agar ularning aholisi “dindor musulmon” bo‘lsalar, e’tiroz bildirmaydi.

London universitetlaridan birining professori Birkberk Robert Singx ham shunga o‘xshash fikr bildirgan. U chet el sarmoyasini jalb qilish va xalqaro savdoni tiklashni “Tolibon”ning asosiy vazifalaridan biri, deb atagan.

“Ertami-kechmi, toliblarning haqiqiy yuzi yana ochiladi va ular yana talon-taroj qilishda, o‘ldirishda hamda o‘z radikal tartibini qurishda davom etishadi”, deb ishonch bilan aymoqda olim.

“Valday” klubi mutaxassisi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro tadqiqotlar instituti Yevroosiyo tadqiqotlari markazi direktori va yetakchi ilmiy xodimi Ivan Safranchuk “Lenta.ru” saytiga bergan intervyusida “Tolibon” 1990-yillardagi kabi bo‘lishini aytdi. U jangarilar o‘z siyosatini biroz yumshatishini tan olgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: maqsadi, Tolibon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя