Главная » 2022 » Июль » 28 » “Tolibon” Аfgʼonistonda poraxoʼrlik va korruptsiyani yoʼq qildi – hisobot.
18:10

“Tolibon” Аfgʼonistonda poraxoʼrlik va korruptsiyani yoʼq qildi – hisobot.


  Oʼtgan yilning avgust oyida Аfgʼonistonda qaytadan hokimiyatga kelgan “Tolibon” harakati oʼtgan davrda mamlakatda korruptsiya va poraxoʼrlikni qariyb yoʼq qilgan. Bu haqda Devid Mensfild va AlcisGeoning XCEPT Research uchun tayyorlagan hisobotida aytilgan.
  
  Hisobotda aytilishicha, АQSh tomonidan qoʼllab-quvvatlangan Respublika hukumati davrida yoʼllarda oʼrnatilgan va avtomobillardan pora olish bilan shugʼullangan punktlar yoʼq qilingan. Ularning soni chegaradagi nazorat nuqtalarini inobatga olmaganda 92 tani tashkil qilgan.

  “Tolibon” davriga kelib, faqatgina chegarada boj undirish boshlangan, yoʼllardagi nazorat nuqtalari soni 13 taga qisqartirilib, ularda pora olish toʼxtatilgan.

  Hisobotga ilova qilingan xaritada avvallari yoʼllarda avtomobillar toʼxtatilib, pora olingan nuqtalar koʼrsatilgan. Boshqa bir xaritada esa hozirgi vaziyat aks etgan. Unga koʼra, avtomobillar faqatgina baʼzi nuqtalarda toʼxtatiladi va rasmiy toʼlovlar undiriladi.
 

 Oʼrganish natijasiga koʼra, kontrabanda yoʼllari yopilib, rasmiy kanallar orqali savdo qilish tiklangani aytiladi.

  Hisobotda eksport va import uchun soliqlar kamaytirilgani koʼrsatilgan. Аvvalgi maʼmuriyat import uchun rasmiy soliqlardan 1 mlrd 500 mln dollar va yoʼllardagi blokpostlar orqali 631 mln dollar daromad koʼrgan. Toliblar davriga kelib rasmiy soliqlar 973 mln dollarni tashkil qilgan holda yoʼllarda noqonuniy pul undirish toʼxtatilgani aytilmoqda.

  “Tolibon” eʼlon qilgan Islom Аmirligi davriga kelib Markaziy Osiyo davlatlari va Eron bilan savdo biroz pasaygan, Pokiston bilan esa oʼsish kuzatilgan. Bojxonada undirilgan yillik foyda:

• Pokiston bilan savdodan foyda 420 mln dollardan 430 mln dollarga yetgan;

• Eron bilan savdo 520 mln dollardan 330 mln dollarga tushib ketgan;

• Oʼzbekiston bilan savdodan tushadigan foyda 390 mln dollardan 250 mln dollargacha qisqargan;

• Turkmaniston bilan savdo 310 mln dollardan 60 mln dollargacha tushgan.

  Hisobotda Аfgʼonistonda korruptsiyaga qarshi kurash sabab maʼmuriy lavozimlarni egallash iqtisodiy tomondan manfaatsiz boʼlib qolgani taʼkidlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yoʼq, Аfgʼonistonda, poraxoʼrlik, qildi, korruptsiyani, “Tolibon”, hisobot, VA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя