10:59 To‘qqiz oyda O‘zbekiston xorijdan qancha elektromobil sotib olgani ma’lum bo‘ldi | |
O‘zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida e’lon qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan. Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|