Главная » 2017 » Март » 30 » Telegram’da qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
21:54

Telegram’da qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi


Telegram messenjerida qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi, deya xabar beradi Meduza.

Hozircha G‘arbiy Yevropa foydalanuvchilarigina qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin, qolgan mintaqalar keyinchalik qo‘shib boriladi.

Telegramda sizga kimlar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini sozlash mumkin: hamma, hech kim yoki tanishlar ro‘yxatidagi abonentlar, shuningdek, alohida bir foydalanuvchini qo‘ng‘iroq qila olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash mumkin.

Dasturchilarning va’da berishicha, barcha qo‘ng‘iroqlar shifrlangan. Aynan qo‘ng‘iroq qilgan inson bilan gaplashayotganizni aniqlash uchun ekrandagi emodzilarni taqqoslash kifoya.

Bu kabi qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati WhatsApp, Facebook Messenger, Skype va boshqa shu kabi messenjerlarda mavjud edi. Telegram’dan oyiga 100 million kishi foydalanadi, WhatsApp va Facebook Messenger’ning foydalanuvchilari soni bir milliardga yetadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Telefon uchun | | Теги: paydo bo‘ldi, imkoniyati, Telegram, qo‘ng‘iroq qilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя