Главная » 2020 » Июнь » 13 » Tarixdagi eng buyuk kinoqahramon nomi e’lon qilindi
22:40

Tarixdagi eng buyuk kinoqahramon nomi e’lon qilindi


Empire jurnali o‘z obunachilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib, tarixdagi eng buyuk kinoqahramon nomini e'lon qildi.

Mazkur reytingga Xarrison Ford ijrosidagi arxeolog Indiana Jons qahramoni yetakchilik qildi. Ikkinchi pog‘onadan “Begona” serialidagi Ellen Ripli (Sigurni Uiver ijrosida) o‘rin oldi.

Film News sayti Empire’ning bosma nashrida e’lon qilingan to‘liq ro‘yxat bilan bo'lishgan. Kuchli uchlikka kichik Robert Dauni ijrosidagi Temir odam yakun yasagan. Bundan tashqari, reytingdan Kapitan Amerika, Lyuk Skayuoker, Betmen, malika Leya, Jeyms Bond, Supermen va Qora pantera ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Indiana Jons filmining 5-qismi 2022-yil iyul oyida katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: nomi e’lon qilindi, kinoqahramon, tarixdagi, eng buyuk | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя