Главная » 2022 » Сентябрь » 13 » Surxondaryodan Toshkentga iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi
19:56

Surxondaryodan Toshkentga iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi


Surxondaryodan Toshkentga iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xzmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumanida Toshkent-Denov yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” avtomashinasi IIB xodimlari tomonidan tekshirilganida hech qanday veterenariya hujjatlarisiz 182 kilogramm mol go‘shti aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.Sh ushbu go‘sht mahsulotini Toshkent shahriga sotish uchun olib kelayotgan bo‘lgan.

Mahsulot Boysun tumani veterenariya bo‘limi tomonidan tekshirilganda, iste‘molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan va Termiz havonot bog‘iga topshirilgan. 

Fuqaro A.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: go‘sht, yaroqsiz, shaxs, olindi, qo‘lga, olib, Surxondaryodan, Toshkentga, iste’molga, kelayotgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя