Главная » 2022 » Август » 17 » Surxondaryoda XTB xodimi maktab direktoridan pora olayotganda ushlandi
11:02

Surxondaryoda XTB xodimi maktab direktoridan pora olayotganda ushlandi


Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Xalq taʼlimi bo‘limi xodimi maktab direktoridan 500 AQSH dollari miqdoridagi pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qiziriq tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qiziriq tuman XTB ekspluatatsiya bo‘limi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumtaʼlim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSH dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda H.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Surxondaryoda, direktoridan, XTB, Maktab, olayotganda, ushlandi, xodimi, Pora | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя