Главная » 2021 » Сентябрь » 7 » Super kontrakt narxlari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi
18:02

Super kontrakt narxlari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi


Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

O‘qishga kirolmagan abituriyentlar Super kontrakt narxlarini bilish uchun ayni vaqtda oliy ta’lim muassasasiga borishlari shart emas.

Chunki birinchi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar, keyin o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan ishlanadi.

O‘qishini ko‘chirgan talabalar masalasi to‘liq yakunlangandan keyin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (Super kontrakt) asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni ko‘chirishda yetarli ball to‘play olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15-sentabrdan keyin boshlanadi, deya ma’lum qildi Abduvali Xoliqov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Super kontrak, t narxlari | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя