Главная » 2017 » Август » 14 » Sitora Olimjonova birovning erini tortib olgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi
16:35

Sitora Olimjonova birovning erini tortib olgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi


Avvalroq, aktrisa Sitora Olimjonova turmushga chiqqani, aktrisaning to‘yi Tailanddagi Pxuket orolida bo‘lib o‘tgani, biroq u turmush o‘rtog‘ini ommaga ko‘rsatmagani haqida xabarbergan edik. Oradan ko‘p o‘tmay bir ayolning ijtimoiy tarmoq orqali Sitora Olimjonova turmushga chiqqan yigit mening erim qabilidagi iddaolari yozilgan yozishmalari tarqatildi. Biroq bu ayol kimligi va uning haqiqatan bor-yo‘qligi noma’lum. Internet olamida esa Sitora Olimjonovaning to‘yi muhokama maydonining asosiy mavzusi bo‘ldi. To‘y suratlarida kuyovning yo‘qligi esa bu muhokamalarni yanada jonlantirdi.

Bir necha kundan buyon Sitora Olimjonova ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritmay kelayotgan edi. Aktrisa kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zi haqida tarqalgan “yangiliklar”ga munosabatini bildirdi.

“Meni o‘ylab, vaqt ajratib, g‘iybat qilganingiz va umringizdan ajratilgan vaqtingizni meni g‘iybat qilish uchun ajratganingiz uchun rahmat, sizlarga. Endi esa o‘z hayotingizdagi muammolaringizni hal qiling, o‘zingiz uchun ham yashang. Internet tarmoqlardagi har xil ig‘vo gaplardan chetlanib, o‘z hayotingiz, rejalaringiz haqida o‘ylang. Men bu ig‘volarga e’tibor qilmayman. Chunki ig‘vo doim bo‘lgan va bo‘ladi. Men esa bugun juda baxtiyorman, eng muhimi shu. Barchangizga katta rahmat! Menga dushmanlik qilaman deb yaxshilik qilib qo‘ygan hurmatli “YO‘Q XOTIN”ga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman”, deb yozadi Sitora Olimjonova.

Sitora Olimjonova o‘z fikr-mulohazalarida o‘zi haqidagi mish-mishlarni tarqatgan va turmush o‘rtog‘imni tortib oldi, deb yozayotgan ayol asli yo‘q ekani, bu uyushtirilganini aytmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sitora Olimjonova | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя