Главная » 2023 » Март » 14 » Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
17:42

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi


Adliya katta maslahatchisi Savid Bozorboyevich Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘i bilan ushbu lavozimni egallagan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Savid Imatov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 mart kuni Sirdaryo viloyatining avvalgi prokurori Sanjar Mavlonov o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda Mavlonov jinoyat ustida qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ushbu xabarlarni rad etdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: viloyatiga, Prokuror, Yangi, Sirdaryo, tayinlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя