Главная » 2020 » Август » 29 » Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘chqor sotildi
20:50

Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘chqor sotildi


Avvalgi rekord Shotlandiyaning Lanark shahrida 2009 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda dunyodagi eng qimmat qo‘chqor 231 ming funtga sotilgan.

Shotlandiyadagi Scottish National Texel Sale auksionida qo‘chqor 367,5 ming funt (qariyb 490,6 ming dollar)ga sotildi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.

Nashrning ma'lumot berishicha, Double Diamond ("Qo‘shaloq olmos") laqabli qo‘chqor teksel zotiga mansub. Uning boshlang‘ich narxi 10,5 ming funt (14 ming dollarga yaqin) bo‘lgan.

Uch nafar xaridor tomonidan taklif etilgan yakuniy narx dunyo rekordi bo‘ldi. Avvalgi rekord Shotlandiyaning Lanark shahrida 2009 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda dunyodagi eng qimmat qo‘chqor 231 ming funtga sotilgan.

 Teksel zotiga mansub qo‘chqorlar Buyuk Britaniyada asosan a'lo sifatli go‘shti uchun yetishtiriladi. Aynan shu bois ularning narxi juda yuqori hisoblanadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: eng qimmat, Shotlandiyada, qo‘chqor, sotildi, dunyodagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя