Главная » 2017 » Март » 12 » Shohrux reper: Rafiqam Zlatani “o‘zbek” qilib qo‘yganmiz
13:39

Shohrux reper: Rafiqam Zlatani “o‘zbek” qilib qo‘yganmiz


Shohrux reper rafiqasi Zlata bilan tanishish tarixi, uning asl o‘zbek oilasiga qanday ko‘nikib ketgani, farzandlari tug‘ilgani unga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida “Sayyod.com”ga bergan intervyusida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Xonandaning aytishicha, sevgi millat tanlamaydi.

Rafiqam bilan kafeda tanishganmiz. Inson bir kishini sevib qolsa, uning millati ham ahamiyatga ega emas. Men rafiqamga sevib uylanganman. Zlata mening muxlisim bo‘lmagan. U boshqa yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni tinglaydi.

Bizning oilamiz sof o‘zbekcha oila. Zlata urf-odatlarimizga, an’analarimizga o‘rganib ketgan. Biz uni “o‘zbek” qilib qo‘yganmiz.

Vaqt o‘tgani va yoshi ulg‘aygani sari inson o‘zgaradi. Farzandlarimning tug‘ilishi meni o‘zgartirdi, deb ayta olaman.

Shohrux reper

“Darakchi.uz”ning yozishicha, Shohrux reper 24—25-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsertida 45 ta qo‘shiq ijro etadi. Konsertda qo‘shiqlar jonli ijro etiladi.

Ma’lumot uchun, Shohrux reperning Zlata bilan nikoh to‘yi 2016-yilning 12-may kuni bo‘lib o‘tgan. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shohrux reper | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя