Главная » 2020 » Июль » 3 » Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q: davlat rahbari buning sababini izohladi
13:29

Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q: davlat rahbari buning sababini izohladi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi va odamlarning birdamligi tufayli mamlakatga koronavirus kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Bu haqda Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In payshanba kuni KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etgan.

«Davlat rahbari olti oylik favqulodda epidemiyaga qarshi ishlarni aniq tahlil qilib berib, dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozga qaramay, xavfli virusning hududimizga kirib kelishiga yuz foiz to‘sqinlik qilayotganimizni va epidemiyaga qarshi barqaror vaziyatni saqlab qolayotganimizni aytdi», — deyiladi xabarda.

Kim Chen Inning ta’kidlashicha, bu partiya markaziy qo‘mitasining uzoqni ko‘ra biladigan rahbarlik qobiliyati va markaziy partiya qo‘mitasi farmoyishi va buyrug‘i bilan harakat qilayotgan butun xalqning birdamligi tufayli erishilgan sharafli yutuq hisoblanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya xalq demokratik respublikasida birortayam koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: buning sababini izohladi, koronavirus yo‘q, Shimoliy Koreyada, davlat rahbari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя