Главная » 2020 » Июнь » 12 » “Shaytanat”dan reklama o‘rnida foydalangan shaxs javobgarlikka tortildi
15:01

“Shaytanat”dan reklama o‘rnida foydalangan shaxs javobgarlikka tortildi


Osh mahsulotini tayyorlash va yetkazish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor "Shaytanat" filmidagi parcha ovozdan o‘z reklama roligida foydalangani sababli javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirkor osh mahsulotini reklama qilish maqsadida "Shaytanat" kinoasari qahramonlari ovozlarini xaridor va buyurtmachilarni jalb qilish uchun montaj qilib, kinoasar qahramoni tilidan buyurtmachi B.M.ning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan hamda osh mahsulotini xarid qilishga chaqiruvchi video-rolik tayyorlanib, Telegram ijtimoiy tarmog‘iga muallif roziligisiz joylashtiriladi. "Shaytanat" kinoasari asosida noqonuniy tayyorlangan reklama ta’sirida muxlislar mahsulotga buyurtma bera boshlashadi.
Natijada "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonun talablari jiddiy ravishda buzilishiga sabab bo‘ladi. Qonunga binoan faqatgina muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.
Mazkur huquqbuzarlikdan xabar topgandan so‘ng asar muallifi mutlaq mualliflik huquqlari buzilganligi, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilganligi hamda ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir-choralarni ko‘rishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga murojaat etadi.
Agentlikning Intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo‘limi tomonidan bayonnoma tuzilib, tegishli sud instansiyasi tomonidan huquqbuzar kinoasardan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 177-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
 
Nurulloh Sharipov

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: OSH, Shaytanat, reklāma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя