Главная » 2017 » Август » 20 » Shavkat Mirziyoev: «Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir»
17:22

Shavkat Mirziyoev: «Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir»


Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyati Bekobod tumani faollari bilan yig‘ilishda so‘zga chiqib, ayni paytda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati haqida gapirdi.

«Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda bizning jonajon Vatanimiz o‘z mavqei va o‘rnini topishi, dunyo hamjamiyati bilan munosib aloqalarda bo‘lishi va bunday aloqalarda O‘zbekiston manfaatini o‘z joyiga qo‘yish harakatidamiz.

Chiqarayotgan barcha qonun va qarorlarimiz tagida, zamirida bir narsa — odamlarni rozi qilish, ularning dardini bilish, his qilish mavjud. Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir», — dedi Prezident.

«Shu sababli Toshkent viloyatiga uchinchi marta kelayapman. Nima uchun? Toshkent viloyati mustaqillik yillarida hamma soha bo‘yicha rivojlanishda ortda qolgan, bu kimgadir yoqishi-yoqmasligidan qat’i nazar, tan olinishi kerak, chunki bu — achchiq haqiqat. Lekin shuncha keng imkoniyatlari, yer osti, yer usti boyliklariga, salohiyatli, zabardast mehnatkashlarga ega bo‘lgan viloyatdagi ahvol bugungi zamon talablariga javob bermaydi».

Virutal qabulxonamizga, xalq qabulxonalariga odamlar tomonidan yuborilayotgan ko‘plab masalalarga e’tibor berilsa, kechirasizlaru, boshqa viloyatlarga nisbatan olib qaralganda, oddiy insonlarning muammolari yechilmayotgani ham haqiqat. Mustaqillik yillarida viloyatga ega topilmadi, biror bir barakali hokim boshqaruvga kelmadi, desak ham haqiqat bo‘ladi.

Bilasizlarmi, men ham ikki viloyatning hokimi bo‘lganman. O‘ziga yarasha og‘ir viloyatlar edi. Biroq Vataniga sadoqatini o‘z mehnati bilan ko‘rsataman, shu xalqqa xizmat qilaman, degan vatandoshimiz uchun Toshkent viloyatidagidek imkoniyat, bu yerdagi xalq va salohiyat boshqa joyda yo‘q, desam menga ishoninglar», — dedi Shavkat Mirziyoev.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: eng ulkan, odamlarning dardi bilan yashash — y, Shavkat Mirziyoev: «Pastga tushib, yagona va, maqsadimizdir» | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя