12:06 Shahzoda Matchonova to‘yi, bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i va tanlagan kelinlik libosi haqida so‘zlab berdi | |
Aktrisa Shahzoda Matchonova jurnalist Baxtiyor To‘raxonov bilan “19:09” ko‘rsatuvida suxbatda bo‘ldi. Suxbat davomida Shahzoda bo‘lajak to‘yi, turmush yo‘lini bog‘lash uchun tanlagan insoni hamda baxt ko‘ylagi haqidagi savollarga javob qaytardi. “Turmush qurish qaroriga kecha yoki bugun kelganim yo‘q. Men bu haqda ancha vaqt o‘yladim va o‘zimni bunga tayyor his qilganimdagina ushbu jiddiy qarorni qabul qildim. Turmush o‘rtog‘imni faqatgina oila a’zolarim va yaqinlarim taniydi. Uning shou-biznesga, mening ishimga aloqador joyi yo‘q, u san’atning boshqa turi bilan shug‘ullanuvchi oddiy inson. Tanlagan libosimga kelsak, avvallari bu haqda o‘ylaganimda, minimalizmni, ya’ni ko‘ylagimning bejirim bo‘lishini istagan edim, tanlovga kelganda esa aksi bo‘ldi. Men o‘z didimga mos bo‘lmagan libosda tanlovimni to‘xtatdim. Ya’ni hashamdor libosni tanladim, u toshlar va boshqa bezaklar bilan bezatilgan. Aslida gap ko‘ylakda ham emas, asosiysi insonning yuzida baxt bo‘lsin! Har qanday kelin baxt oqshomida go‘zal bo‘ladi”, deydi Shahzoda. Shahzoda Matchonovaning visol oqshomi 2016 yilning 25 noyabr kuni poytaxtimizning muhtasham restoranlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Darvoqe, tez kunda Shahzoda Matchonova ishtirokidagi Yolqin To‘ychievning “Ma’suma” filmi premerasi bo‘lib o‘tishi ham rejalashtirilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|