Главная » 2022 » Июль » 29 » Shahrisabzdagi bogʼchada bola koʼp qon yoʼqotishdan vafot etdi
19:37

Shahrisabzdagi bogʼchada bola koʼp qon yoʼqotishdan vafot etdi


Qashqadaryo viloyatining shahar Maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bola vafot etdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 28 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga mazkur MTTga qatnamaydigan 2014 yilda tugʼilgan S.X. singlisi А.X. bilan birgalikda bogʼchaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda А.X.ning onasining iltimosiga koʼra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.

Tushlik paytida opa-singil S.X. va А.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib oʼynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha boʼlaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam koʼrsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, koʼp qon yoʼqotish natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi oʼrganish olib bormoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shahrisabzdagi bogʼchada bola koʼp | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя