Главная » 2016 » Декабрь » 29 » Sevara Nazarxon klinik o‘limidan so‘ng hayotida yuz bergan o‘zgarish haqida aytib berdi
11:12

Sevara Nazarxon klinik o‘limidan so‘ng hayotida yuz bergan o‘zgarish haqida aytib berdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon MY5 telekanalida jurnalist Baxtiyor To‘raxonovning “19:09” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. 

Sevara Nazarxon ikkita tug‘ilgan kuni, ya’ni 23 va 31 dekabr ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Uning hikoya qilishicha, xonanda 23 dekabr kuni dunyoga kelgan va uning tug‘ilishi klinik o‘lim bilan kuzatilgan, biroz vaqtdan so‘ng hayotga qaytgan Sevaraning hayotida o‘zgarish yuz berdi. Avvaliga hayotidagi bu mudhish hodisa sababli unga Umida deya ism qo‘ygan otasi, barcha ko‘rguliklar ortda qolgach “qizim sevimli bo‘lsin” deya uni Sevara deb atagan. 

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarda uning ismi Umida Nazarxonova bo‘lgan, shu sababli maktabda uni aynan Umida deb bilishgan va bu Sevaraga yoqmagan. Pasport olayotganda u ismini Sevara deya qayd etgan. 

Sevara Nazarxon jurnalist bilan suxbat chog‘ida Farg‘ona vodiysini, buvisining hovlisini doim sog‘inib yashashini aytib o‘tgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sevara Nazarxon | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя