Главная » 2022 » Сентябрь » 20 » "Sardoba ishi" bo‘yicha yana 29 kishiga hukm o‘qildi
16:20

"Sardoba ishi" bo‘yicha yana 29 kishiga hukm o‘qildi


Joriy yilning 12-sentyabr kuni Toshkent shahar sudida Sardobadagi suv toshqini sabab jinoiy ishda ayblangan 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchilarning

 

  • 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,

 

  • 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,

 

  • 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari,

 

  • 1 nafariga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari

 

  • 2 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,

 

  • 23 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 dan 550 gacha baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi.

 

Xabarga ko‘ra, ushbu hukm ustidan apellyasiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkumlar va fuqaroviy da’vogarlar esa hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi orqali Oliy sudga berilishi mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘qildi, kishiga, 29, hukm, Sardoba, bo‘yicha, Yana, ishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя