Главная » 2022 » Август » 5 » Sanʼat va madaniyat institutining katta o‘qituvchisi pora bilan ushlandi
19:44

Sanʼat va madaniyat institutining katta o‘qituvchisi pora bilan ushlandi


O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining katta o‘qituvchisi 6 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning aniqlashicha, fuqaro Z.I. boshqa fuqaro G‘.ni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. U mazkur xizmati evaziga G‘.dan 7 500 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

So‘ngra, Z.I. ning ko‘rsatmasiga asosan tekshiruv davom ettirilganda, ushbu institut katta o‘qituvchisi B.M. fuqaro Z.I.dan 6 ming dollarni pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro Z.O‘. 1 500 dollar evaziga fuqaro I.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib bermoqchiligi aniqlangan. U kelishilgan pulning 1 000 dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 500 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ushlandi, institutining, Sanʼat, bilan, Pora, o‘qituvchisi, katta, Madaniyat, VA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя