Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Samsung yangi Galaxy S8 smartfoni ustida ishni to‘xtatdi
12:06

Samsung yangi Galaxy S8 smartfoni ustida ishni to‘xtatdi


Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfonini yaratishni vaqtincha to‘xtatdi, hozircha Galaxy Note 7 smartfonlarining portlash sabablari aniqlanmadi, deya xabar beradi The Wall Street Journal.

“Biz hali hamon muammo nimada ekanligini aniqlay olmadik”, — deya ma’lum qildi kompaniya vakili.

Galaxy S8 ishlab chiqarish ishlari ikki haftadan so‘ng yangilanadi. Bu vaqt oralig‘ida kompaniyaning yetakchi muhandislari  Galaxy Note 7 muammolarini o‘rganishadi.

Ekspertlar bir qator sabablarni ko‘rsatishmoqda — dasturiy ta’minotdan tortib, uning yoqilish sxemasigacha.

Avvalroq Samsung Galaxy Note 7 savdosi va ishlab chiqarishini to‘xtatgan edi. Kompaniya ishlab chiqarish to‘xtatilgandan 5 milliard dollar zarar ko‘rdi.

Ko‘pgina aviakompaniyalar smartfonni samolyot bortiga olib o‘tishni ta’qilashgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Telefon uchun | | Теги: smartfo, ishni to‘xtatdi, Galaxy S8, samsung, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя