Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Samsung har bir Note 20 Ultra'dan qancha foyda qilishini bilasizmi?
21:29

Samsung har bir Note 20 Ultra'dan qancha foyda qilishini bilasizmi?


2020 yilning eng qimmat smartfonlaridan biri Galaxy Note 20 Ultra bo‘ladi. Samsung uning uchun AQShda xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra 1300 yoki 1450 dollar narx belgilagan, Rossiyada esa bu fabletni 100 000 yoki 120 000 rublga olish mumkin.

Xo‘sh, hech qiziqib ko‘rganmisiz – uni ishlab chiqarish o‘zi kompaniyaga qanchaga tushyapti? Counterpoint mutaxassislari esa jiddiy qiziqib, sinchiklab hisob-kitob qilib ham ko‘rishdi.

Lo‘ndasini aytganda, Galaxy Note 20 Ultra butlovchi qismlarining umumiy qiymati 468 dollarga teng ekan. Ularni terish va sinovdan o‘tkazish, qadoqlash, aksessuarlar va boshqa mayda-chuyda xarajatlarni ham qo‘shganda, smartfonning umumiy tannarxi 548,9 dollarga to‘g‘ri kelar ekan.

 

Shu tariqa, har bir sotilgan Galaxy Note 20 Ultra smartfonidan Samsung kamida 750 dollar sof foyda ko‘radi! Bu esa ayrim smartfonsozlarning flagman modellari narxiga teng mablag‘, axir!

To‘g‘ri, bunda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga, ishlab chiqish, logistika va marketing kabilarga ketgan xarajatlar hisobga olinmagan. Lekin ular odatda boshqacha – umumiy miqdordan kelib chiqib hisoblanadi.

Shuningdek, yuqorida Snapdragon 865+ protsessorli Galaxy Note 20 Ultra tannarxi aks ettirilgan; uning Exynos 990 chipsetli versiyasi birmuncha arzonga tushadi. 

Fabletning eng qimmat qismlari platformasi (antennalari bilan birga) ekan: 154,2 dollar – hamyonbop bitta smartfonning puli. Galaxy Note 20 Ultra ekrani ham qimmat butlovchi qismlardan biri bo‘lib, 91,5 dollarga tushgan.

Shuningdek, quyidagi diagrammaga qaraganda, Galaxy Note 20 Ultra qismlarning 50% qismini Samsung o‘zi ishlab chiqaradi:

Smartfonning Exynos 990 protsessorli modifikatsiyasida esa bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘ladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Note, Ultra, bilasizmi, qilishini, samsung, foyda, qancha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя