Главная » 2022 » Июнь » 8 » Samarqandda qabriston yonib ketdi
17:52

Samarqandda qabriston yonib ketdi


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 8 iyun kuni soat 15:01 da Oqdaryo tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Qang‘li” qabristonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:28 da bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida taxminan 4 sotix maydonda quruq o‘t yongan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qabriston, yonib, Samarqand, KETDI | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя