Главная » 2022 » Август » 9 » Samarqandda mehmondorchilikka kelganlar janjallashdi. Bir kishi vafot etdi
10:18

Samarqandda mehmondorchilikka kelganlar janjallashdi. Bir kishi vafot etdi


Samarqandda fuqaroning uyiga kelgan mehmonlar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasida yashovchi fuqaro A.ning uyiga kelgan mehmonlar Sh. va A. o‘rtasida kelishmovchilik sabab janjal chiqqan. 

Fuqaro Sh.ning bosh sohasi va qorniga berilgan kuchli zarba sabab joriy yilning 24 iyun kuni uning sog‘lig‘i yomonlashgan. Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasida shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot, Bir, mehmondorchilikka, Samarqandda, kelganlar, janjallashdi, etdi, kishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя