Главная » 2020 » Октябрь » 7 » Samarqandda koronavirus bemorlari kamaytirib ko‘rsatilayotganiga SSV munosabat bildirdi
22:19

Samarqandda koronavirus bemorlari kamaytirib ko‘rsatilayotganiga SSV munosabat bildirdi


Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar soni 10 barobar kamaytirib ko‘rsatilganini aytib chiqqandi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi statistika bo‘yicha tanqidlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, koronavirus statistik ko‘rsatkichlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan olib boriladi va unga maxsus laborator (PZR) tibbiy tekshiruvlar (shu jumaladan, nodavlat tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan test natijalari) orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi.

“Ayrim simptomlar mavjud bo‘lib, koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniya yoki o‘tkir respirator infeksiyasiga chalingan yoki ularga gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi”, deya ta’kidlagan SSV.

Shuningdek, hozirda mavsumiy yuqumli respirator kasalliklar avj oladigan kuz fasli boshlangani inobatga olinsa, turli virusli kasalliklarning aholi orasida avj olishi ham davolash muassasalaridagi bemorlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalar hamda mamlakatning qator hududlaridagi Saralash va taqsimlash markazlari, shuningdek, vaqtinchalik “COVID” shifoxonalarida, jumladan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham bunday bemorlar statsionar sharoitda davolanishmoqda. 

Qayd etilishicha, hozirda Samarqand viloyatida 14 ta tuman va 2 ta shahar aholisi uchun 41 ta shifoxonada jami 11 763 shifo-o‘rinlari mavjud. 

Shundan koronavirusni davolash hamda kasallikda gumon qilingan bemorlar boshqa bemorlardan alohidalash uchun yuqorida ko‘rsatilgan 14 ta tuman va 2 ta shaharda 2 950 ta shifo-o‘rni yaratilgan.  

Hozirda ushbu shifo-o‘rinlarida koronavirusga gumon qilingan, lekin PZR laborator tekshiruvida tasdiqlanmagan (shu jumladan, klinik simptomlari o‘xshash bo‘lgan mavsumiy yuqumli respirator kasalliklarga chalingan) bemorlarni boshqa turdagi kasalliklardan alohida statsionar davolanishi tashkil etilgan.

Shu yil 7 oktyabr holatiga ko‘ra, viloyatda 136 nafar JSST tavsiyalari asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor davolanmoqda. Bu vazirlik berayotgan rasmiy statistikaga mos keladi.

“Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot nuqtai nazaridan, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan koronavirus hamda unga gumon qilingan yoki mavsumiy respirator yuqumli kasalliklari mavjud bemorlarning umumiy statistikasi tahlil qilinmagan holda berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida o‘rinsiz carosimaga sabab bo‘luvchi  tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni, shuningdek, faqat rasmiy ma’lumotlarga tayangan holda fikr yuritishni so‘rab qoladi”, deyiladi bayonotda.

Ammo bir savol tug‘iladi: vazirlik nega munosabatini Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga qaratmadi? Axir Samarqandda statistika yashirilgani haqidagi ma’lumotni agentlik direktori Akmal Burhonov e’lon qildi-ku. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: SSV, munosabat bildirdi, Koronavirus, Samarqandda, ko‘rsatilayotganiga, kamaytirib, bemorlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя