Главная » 2018 » Май » 10 » Samarqandda 6-sinf o‘quvchisi maktabda vafot etdi
21:46

Samarqandda 6-sinf o‘quvchisi maktabda vafot etdi


Samarqand shahrida 4 may, juma kuni 6-sinf o‘quvchisi H.Jning ustiga darvoza qulab ketgan. Natijada shu maktab o‘quvchisi olgan jarohatlar sabab vafot etgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, shu kuni soat 12:45 larda Samarqand shahar 71-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.J muassasaning orqa tomonidagi eski darvozadan sakrab o‘tayotgan vaqtda ustiga darvoza qulab tushishi oqibatida vafot etgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beramiz,” deya yozadi yuqorida nomi keltirilgan manba.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘quvchi, Samarqand, vafot etdi, 6-sinf, Maktab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя