Главная » 2020 » Май » 20 » Samarqand shahridagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi
10:34

Samarqand shahridagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi


Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulov shaharning qaysi hududlarida koronavirus aniqlangani haqida ma'lum qildi.

«Karantin qoidalarini yumshatish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar joriy etilgan. Shuni aytishim kerakki, bu choralar butun Samarqand shahri uchun tatbiq etilmaydi. Kasallik aniqlangan bemorlar yashaydigan ayrim mahallalarda karantin qoidalari kuchaytiriladi.

«Abdurahmon Jomiy», «Adolat», «Bahor», «Bog‘i Temur», «Al Farobiy», «Bog‘i Shifo», «G‘iyosiddin Jamshid», «Do‘stlik», «Jo‘yi chuqur», «Zarafshon», «Zargartepa», «Ilg‘or», «Ko‘k masjid», «Qo‘shchinor», «Qarshi yo‘li», «Mash'al», «Nurobod», «Sayid», «Siyobcha», «Tadbirkorlar», «Uvaysiy», «O‘rta Xo‘jasoat», «Hamid Olimjon», «She'roziy», «Hazora», «Hunarmandlar», «Chorbog‘», «Cho‘pon ota», «Shodlik», «Shukrona», «Yangi hayot» va «Yangi Xayrobod» mahallalariga ushbu kasallik bizdan yiroq bo‘lmagunga qadar vaqtincha kirish-chiqish cheklanadi», degan Samarqand shahar hokimi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni damgacha Samarqand viloyatida 281 kishi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kishi virus sabab vafot etgan. 

Avvalroq Samarqand viloyatidagi «kasallik o‘choqlari» ma'lum qilingan, shuningdek, 17 may kuni Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilishi va shahar ko‘chalarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati hozircha cheklangani e'lon qilingandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mahallalarda, Samarqand, Koronavirus, ma'lum qilindi, shahridagi, aniqlangani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя