Главная » 2021 » Январь » 28 » Sadir Japarov rasman Qirg‘iziston Prezidenti bo‘ldi
11:15

Sadir Japarov rasman Qirg‘iziston Prezidenti bo‘ldi


Bugun, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. U rasman Prezident lavozimida ish boshladi.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjon Shayldabekova Sadir Japarov muddatidan avval o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi.

Saylangan Prezident qirg‘iz xalqiga qasamyod keltirdi. U davlat rahbari lavozimida Xudo va xalq oldida adolatli boshqarishini, inson huquqlarini himoya qilishini va Konstitutsiya normalariga amal qilishini ta’kidladi.

MSK rahbari Sadir Japarovga Prezident guvohnomasi va standartni topshirdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Sadir Japarov, Prezidenti, rasman, Qirg‘iziston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя