Главная » 2018 » Апрель » 10 » Rossiyalik yigit Apple'dan 1 million dollar talab qildi
22:42

Rossiyalik yigit Apple'dan 1 million dollar talab qildi


Smolensk fuqarosi yuzdan taniy oluvchi Face ID funksiyasiga ega iPhone X smartfonini ukasi blokdan yecha olganidan keyin Apple kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasiga shikoyat bilan murojaat qildi. Yigit qurilmani almashtirishni va kompensatsiya sifatida 1 million dollar to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqida shikoyatchining yuristi Roman Ardikusa TASS agentligiga xabar berdi.

"Menga ikki aka-uka murojaat qilishdi. Biri 21 yoshda, ikkinchisi - 15. Gap shundaki, ularning ikkisi ham telefonni blokdan yecha olgan. Bu esa bank ma’lumotlari, suratlar, yozishmalar - telefondagi barcha ma’lumotlarga kirish imkoni degani. Biz ishlab chiqaruvchi kompaniyadan ish sudgacha bormasidan 1 million dollar to‘lashni talab qildik", - deydi yurist.

Ardikusaning izoh berishicha, yangi telefon modelini tanlashda uning mijozini aynan Face ID funksiyasi qiziqtirgan, shuning uchun u qimmatbaho modelni deyarli 92 ming rublga xarid qilgan. Shundan kelib chiqib xulosa qilinadiki, mijoz nosoz funksiya uchun keragidan ortiq pul to‘lagan.

Shikoyat xatida ta’kidlanishicha, kompaniya ushbu e’tirozga 10 kun ichida javob bermasa, xaridor sudga murojaat qiladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Rossiyalik yigit, 1 Million, talab qildi, Apple, Dollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя