Главная » 2017 » Март » 12 » Rossiyada 1200 dan ortiq saytlarga blok qo‘yildi
13:08

Rossiyada 1200 dan ortiq saytlarga blok qo‘yildi


Saytlar faoliyatining vaqtincha bloklanishi xususida Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi, deyiladi “gazeta.ru” sayti ma’lumotida.

«Joriy yilning ikki oyi mobaynida vazirlikda Roskomnadzordan kelib tushgan fuqarolarning taxminan 4000 ta elektron murojaati ko‘rib chiqildi. Natijada, narkotik va psixotrop moddalarni yetishtirish joylari, ulardan foydalanish va tayyorlash usullari haqidagi ta’qiqlangan ma’lumotlarni tarqatuvchi 1200 dan ortiq internet resurslari faoliyatiga cheklov o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qilingan» — deydi Irina Volk.

Uning keltirishcha, 70 foiz holatda bu kabi ma’lumotlar xususiy e’lonlar bazalari orqali tarqatilmoqda. 30 foiz holat esa internet-magazinlar va ijtimoiy tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

A.Ravshanov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 1200, saytlar, ortiq, blok qo‘yildi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя