Главная » 2022 » Июль » 26 » Rossiya Samarqandda konsulxona ochadi
11:21

Rossiya Samarqandda konsulxona ochadi


  Rossiya Oqtov, Grodno, Kankun va Samarqandda konsullik idoralarini ochadi. Bu haqda TАSS agentligiga bergan intervьyusida Rossiya TIV konsullik departamenti direktori Ivan Volinkin maʼlum qildi.
  “Konsullik departamenti yangi Bosh konsulliklar, shu jumladan Rossiya fuqarolarining sayyohlik oqimi koʼpaygan hududlarda ham ochish orqali konsullik mavjudligini kengaytirish ustida faol ishlamoqda. Bundan tashqari, Oqtov (Qozogʼiston), Grodno (Belarus), Kankun (Meksika) va Samarqand (Oʼzbekiston) shaharlarida Rossiya konsullik idoralarini ochish rejalashtirilgan”, degan u.
  Volinkinning taʼkidlashicha, hozirda “Rossiyaning Osiyo, Аfrika, Lotin Аmerikasi va eng muhimi, MDHdagi elchixonalari xodimlarini tubdan oshirish boʼyicha ishlar olib borilmoqda”.
 “Bu ish yanada ilgʼor bosqichda boʼlgan davlatlar qatorida 2021 yilda tegishli hukumatlararo bitim tuzilgan Malьdiv Respublikasini koʼrsatish mumkin”, deya qoʼshimcha qilgan u.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqandda, ochadi, Rossiya, konsulxona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя