Главная » 2022 » Июль » 27 » Rossiya O‘zbekiston va yana uch davlatga maymun chechakni aniqlaydigan testlar berdi
15:36

Rossiya O‘zbekiston va yana uch davlatga maymun chechakni aniqlaydigan testlar berdi


  Rossiya O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston va Turmkmanistonga maymun chechagini aniqlash uchun “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan test-tizimlarini topshirdi. Bu haqda RIA Novosti “Rospotrebnadzor”ga tayanib, xabar berdi.

  Avvalroq idora “Vektor” markazi kasallik holatlarini aniqlash uchun test tizimlarini zudlik bilan ishlab chiqarganini, bugun esa butun Rossiya bo‘ylab sinovdan o‘tish mumkinligini maʼlum qilgandi.

  “Rossiya test tizimlari “Rospotrebnadzor” tomonidan Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonga yetkazildi. Bundan tashqari, “Rospotrebnadzor” mutaxassislari hamkor mamlakatlardan kelgan hamkasblar uchun maymun chechagining laboratoriya diagnostikasi usullari bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil qilyapti”, deyiladi xabarda.

  Maʼlumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST maʼlumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiya, VA, Uch, Maymun, testlar, O‘zbekiston, chechakni, yana, aniqlaydigan, berdi, davlatga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя