22:27 Ronaldu "O‘zim o‘ynagan barcha klublar bilan sovrinlar yutdim. Ammo orzum..." | |
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida g‘olib chiqish istagi haqida gapirdi. «2016 yili Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldik, endi jahon chempionatida zafar quchmoqchimiz. Hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin realist bo‘lish ham kerak. O‘zim o‘ynagan barcha klublar bilan sovrinlar yutdim. Ammo orzum – jahon chempionatida g‘olib bo‘lish», – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi The Associated Press.
Manba: "aniq.uz"
| |
|