Главная » 2021 » Сентябрь » 7 » Ronaldu o‘ziga qarshi o‘ynagan eng buyuk futbolchi nomini aytdi
17:59

Ronaldu o‘ziga qarshi o‘ynagan eng buyuk futbolchi nomini aytdi


Kecha, 6 sentyabr kuni britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ronaldu PSJ hujumchisi Lionel Messini o‘ziga qarshi o‘ynagan eng buyuk raqib, deb atadi.

“O‘shanda biz Turinda, Ronalduning sevimli restoranida edik. O‘shanda u “Yuventus”da o‘ynardi va “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqidagi gap-so‘zlar yo‘q edi. Biz kechki ovqat uchun eng sara yapon taomlaridan yedik. Sport va siyosatdan tortib, hatto, qotilliklar haqida suhbatlashdik”, deydi Morgan.

Shuningdek, suhbat davomida portugaliyalik futbolchi jurnalistning savoliga javob berar ekan, Lionel Messini o‘ziga qarshi o‘ynagan eng buyuk futbolchi ekanini aytib o‘tgan:

“Senga qarshi o‘ynagan eng buyuk futbolchi kim?’, deb so‘radim Krishtianu Ronaldudan. U qat’iyat bilan “Messi”, deb javob berdi. “U menga qarshi o‘ynagan futborlchilarning eng zo‘ri”, degan Ronaldu kulib.

O‘zining asosiy raqibi nomini aytgani uchun hayron bo‘ldim va taajjublandim. Ronaldu so‘zida davom etdi:

“Pirs, lekin siz savolni noto‘g‘ri berdingiz. Siz mendan eng zo‘r o‘yinchi kimligini so‘rashingiz kerak edi”, dedi va eng zo‘r futbolchi o‘zi ekanligiga ishora qilib, kulib qo‘ydi. U o‘zini dunyoning eng yaxshisi ekaniga ishonadi va men uning fikriga qo‘shilaman”.

Ma’lumot uchun, Ronaldu va Messi 2008 yildan, 2019 yilga qadar “Oltin to‘p” uchun kurash olib borgan. 10 yil mobaynida dunyoning eng tomoshabop qarama-qarshiligi hisoblangan “El klasiko”da o‘zaro bellashgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, futbolchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя