Главная » 2020 » Ноябрь » 29 » “Roma” klubi mashg‘ulotlar bazasida urush vaqtiga mansub 20ta snaryad topildi
10:32

“Roma” klubi mashg‘ulotlar bazasida urush vaqtiga mansub 20ta snaryad topildi


Italiyaning “Roma” futbol klubi mashg‘ulotlar bazasida Ikkinchi jahon urushi vaqtiga mansub 20ta snaryad topildi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Snaryadlar topilgan joyga sapyorlar chaqirtirilgan. Mutaxassislar hududni sinchkov tekshirib chiqqach, u yerda 20ta bombani topishgan. Barcha bombalar zararsizlantirilgan.

“Italiya armiyasi va sapyorlar otryadiga Trigoriyadagi mashg‘ulotlar bazamizdan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi snaryadlarni olib tashlashgani uchun katta rahmat”, deyilgan xabarda.

Xavfli topilma klub yangi mashg‘ulot maydonlarini qurishni rejalashtirgan hududni tayyorlash vaqtida aniqlangan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: roma, bazasida, topildi, Urush, mashg‘ulotlar, klubi, snaryad | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя