Главная » 2017 » Март » 13 » Rayhon xit-paradga endi boshlovchilik qilmaydi
15:12

Rayhon xit-paradga endi boshlovchilik qilmaydi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevning “Milliy” TVdagi boshlovchiligi juda ko‘p tanqidlarga uchragan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rayhon bundan buyon ushbu ko‘rsatuvga boshlovchilik qilmaydi. Xonanda o‘zining Instagramdagi sahifasiga o‘zining yangi klipiga tayyorgarlik jarayonidan joylagan surati ostiga uning muxlislaridan biri nima sababdan uni shanba kuni telekanal orqali uzatilgan xit-parad ko‘rsatuvida boshlovchi sifatida ko‘rmaganligini, u xit-paradni aynan Rayhonni ko‘rish uchun kutishini yozgan.

Bunga javoban Rayhon “Boshqa kutmang”, deya javob yozib qoldirgan.

Xonandaning muxlisining savoliga yozgan ushbu javobiga oydinlik kiritish maqsadida xonandaning o‘zi bilan bog‘landik:

“Bunga izoh berishni istamayman. Ammo “Milliy” TVga menga o‘zimni boshlovchi sifatida sinab ko‘rish imkonini bergani uchun minatdorchilik bildiraman.”

Rayhon o‘zining intervyularidan birida uni o‘zbek tilidagi so‘zlarni buzib talaffuz qilishda ayblab, keskin tanqid ostiga olganlarga quyidagicha javob bergandi.

“Eng asosiysi xalqqa yoqyapti. Bu kanalga odamlar e’tiborini jalb qilyapti. Agar ko‘rsatuvni boshqa xonandalar ko‘rayotgan bo‘lsa, bilishadi. Ko‘rsatuv muharririning harakatlari tufayli har bir xonanda uchun alohida, quvnoq ta’riflar o‘ylab topilmoqda. Men ko‘rsatuv ijodkorlari bilan hamkorlik qilayotganimdan xursandman. Ular bilan yarim yildan beri birga ishlayapmiz. Ko‘rsatuv haftada bir marotaba efirga uzatiladi. Hozirda boshlovchilik qilishga umuman qiynalmayapman. Bilmadim, meni maqtashyapti. Aytishlaricha, aksent ham yo‘qolgan.

Men bu ishni nima uchun qilyapman, bilasizmi? Mening so‘zlashuv tilim borasida ko‘p muhokamalar bo‘ldi. O‘zbek tilidagi ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishim bilan esa odamlarga o‘zbek tilida so‘zlashishga harakat qilayotganimni ko‘rsatmoqchiman. Hamma narsaning yomon tomonini ko‘radigan va har narsadan kamchilik qidiradigan odamlarni tushunmayman. Yoqmasa, ko‘rma!”

Xullas Rayhonning nima sababdan boshlovchilikni to‘xtatgani bizga ma’lum emas, bu esa kimnidir hafa qilsa, yana kimnidir quvontirishi tabiiy.

Xonanda ayni damda Munisa Rizayeva bilan ijro etgan “Bor yoki yo‘q” taronasiga klip suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.Xonanda bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klipga raqslarni xoreograf Elya Mulyukova sahnalashtirmoqda. Klip trek yo‘nalishida rejissyor Nozim Jumaev tomonidan suratga olinmoqda. Dizayner Lidiya Andre.

Klipni mart oyi ohirlarida taqdim etish rejalashtirilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: boshlovchilik, xit-parad, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя