Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Rayhon G‘aniyeva o‘zi haqidagi salbiy gaplarga javob qaytardi
14:58

Rayhon G‘aniyeva o‘zi haqidagi salbiy gaplarga javob qaytardi


Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva boshlovchi Farhod Alimovga turmush chiqayotgani, ikkisi ham oila qurish masalasini muhokama etayotganlari, to‘y kuni esa hali aniq bo‘lmagani haqida xabar bergan edik. Bu borada Farhod Alimov bir necha bor saytimizga intervyu berdi. Rayhon G‘aniyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov ham Rayhonning yana turmushga chiqishiga o‘z munosabatini bildirdi.
 
To‘y haqidagi gap-so‘zlar omma orasida tarqalgandan buyon Rayhon G‘aniyeva OAVga yuzlanmadi, savollarni javobsiz qoldirdi, hatto, eng yaqin do‘stlariga ham bu borada miq etmadi.
 
Bu orada Rayhon G‘aniyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan yarashishi kerakligini, farzandlari boshqa otaning qo‘lida voyaga yetishi istamay, unga oilasini tiklashini maslahat berganlar ham topildi. Ular orasida Farhod Alimovning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishida Rayhonni ayblaganlar ham bor edi. Ammo Alimov bu gaplarni butkul rad etdi.
 
Rayhon G‘aniyeva esa oxirgi kunlar ichida ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirilayotgan nomaqbul izohlarga quyidagicha javob qaytardi.
 
“Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan, salbiy ma’nodagi izohlar qoldirayotgan barchaga javob qaytarishga qaror qildim. ...harakat qilmang, sababi sizning mehnatingizga achinaman, xolos. Men ularni baribir o‘qimayman.
 
Agar sizga maslahat bersam, vaqtingizni ko‘proq ijobiy narsalar uchun sarflang. Dunyoda mo‘jizalar shu qadar ko‘pki, nahotki, ularni sezmasangiz... Bu mening muhabbatimni sizga yo‘llamoqchiligimning yana bir dalili. Siz meni, hatto, do‘st deb bilmasangiz ham, men sizlarni sevaman. Chin dildan!”
 
Rayhon G‘aniyeva o‘ziga nisbatan aytilgan yomon mulohazalarni ayrim hamkasblari singari o‘chirib yubormaydi, uning sahifasida so‘z erkinligiga keng o‘rin berilgan. Xonanda muxlislarini hurmat qiladi, ularning fikrlarini inobatga oladi. Ammo bu muxlislar Rayhonning shaxsiy hayotiga aralashishi mumkin, degani emas.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя