Главная » 2017 » Апрель » 6 » Ravshan Haydarov “Paxtakor” bosh murabbiyi etib tayinlandi
18:57

Ravshan Haydarov “Paxtakor” bosh murabbiyi etib tayinlandi


Oliy Liga–2017 mavsumi boshidagi qoniqarsiz natijalar sababli “Paxtakor” futbol klubida bosh murabbiy o‘zgardi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Klub rahbariyati Grigoriy Kolosovskiyni “Mash’al”ga 0:3 hisobida boy berilgan Oliy Liga 4-turidan keyin iste’foga chiqarishga qaror qildi. Uning o‘rniga “Paxtakor”ga avval ham ustozlik qilgan Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Murabbiylik faoliyati davomida Ravshan Haydarov “Traktor” (1997–2001), “Paxtakor” (2002, 2006–2007, 2010–2011), “Qizilqum” (2012–2013), Samarqandning “Dinamo” (2013–2014) klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Ravshan Haydarov qo‘li ostida “Paxtakor” ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, Ravshan Akmalovich 2002–2005 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 2007–2010 yillarda “Paxtakor” klubida bosh murabbiy assistenti, 2014–2015 yillarda O‘zbekiston U-19 termasi ustozi lavozimia faoliyat yuritgan. 2015 yildan buyon esa 55 yoshli mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan edi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bosh murabbiyi, futbol, Ravshan Haydarov, Paxtakor, Sport | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя