18:56 Rasman! Yevropaning yana bir davlati koronavirus ustidan g‘alabani e’lon qildi | |
Sloveniya hukumati mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganligini rasman e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi saytidagi xabarda aytilgan. Sloveniya vazirining hisobotiga asoslanib, Vazirlar Mahkamasi payshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus epidemiyasi rasman tugagani to‘g‘risida qaror qabul qildi. "Milliy sog‘liqni saqlash instituti ma’lumotlari aholi orasida koronavirus tarqalishi kamayganini ko‘rsatdi", — deya qarorni izohladi hukumat. Endi qo‘shni Yevropa mamlakatlari bilan chegara ochiladi, aeroportlar faoliyati ham qayta tiklanadi. Har bir nazorat punktini ochish to‘g‘risida qaror Tashqi ishlar vazirligi va qo‘shnilarning xavfsizlik organlari bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va Sloveniya Respublikasida doimiy yoki vaqtincha yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun 14 kunlik majburiy karantin joriy etiladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|